Biz haqimizda
Alif — bu moliyaviy xizmatlarni ezgu qadriyatlar va zamonaviy texnologiyalar asosida taqdim etishni maqsad qilgan fintech kompaniya.
Biz insonlarning kundalik hayotini oson va qulay qilishga yordam beradigan mahsulot va xizmatlarni yaratamiz. Ularga Alif superilovasi, Alif Shop marketpleysi, shuningdek, millionlab mijozlar tomonidan har kuni foydalaniladigan bank va texnologik yechimlar kiradi.
3 mln
Alifning O‘zbekistondagi mijozlari soni
5000+
Alifning O‘zbekiston bo‘ylab hamkorlar soni
300+
Alifning O‘zbekistondagi xodimlar soni
3
Alif faoliyat ko‘rsatgan davlatlar soni
Alif 2014-yilda tashkil etilgan va qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyodagi yetakchi fintech kompaniyalardan biriga aylandi. Bugungi kunda biz O‘zbekiston, Tojikiston va Pokistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritamiz. Alif Group tarkibida 1430 dan ortiq xodim ishlaydi va 4,4 milliondan ziyod mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.
Bizning maqsadimiz faqat mahsulotlar ekotizimini rivojlantirish emas, balki jamiyatga hissa qo‘shishdir: biz odamlarning turmush darajasini oshirish, ularni moliyaviy, ta’limiy va texnologik imkoniyatlar bilan ta’minlashga intilamiz. Biz muvaffaqiyatni faqat raqamlar bilan emas, balki mijozlar ishonchi, ularning baxti va hamkasblarimiz farovonligi bilan ham o‘lchaymiz. Biz odamlar bilan va odamlar uchun barqaror, adolatli kelajakni yaratishga ishonamiz.
Faoliyat yuritilayotgan mamlakatlar
O‘zbekiston
Tojikiston
Pokiston
O‘rganilayotgan mamlakatlar
Saudiya Arabistoni
Bangladesh
Misr
Indoneziya
Alif tarixidagi muhim voqealar
2025
Islom taraqqiyot banki guruhiga a’zo bo‘lgan ITFC‘dan 3 mln dollar investitsiya jalb qilindi.
2024
AQSh kompaniyasi Accial Capital‘dan 20 mln dollar investitsiya jalb qilindi.
Britaniyaning islomiy moliya fondi Cur8 Capital’dan 5 mln dollar investitsiya jalb qilindi.
2023
Alif ilovasi xalqaro kiberxavfsizlik kompaniyasi SNAPSEC tomonidan o‘tkazilgan xavfsizlik tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Uzcard forumida Alif Tech kompaniyasi O‘zbekiston fintech sektorini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun nufuzli Uzcard Award bilan taqdirlandi.
O‘zbekistonda Alif Academy ishga tushdi. Yoshlar uchun bepul IT dasturlar taqdim etiladi.
Alif Shop MDHdan Entrepreneurship World Cup finaliga chiqqan yagona loyiha bo‘ldi.
2021
O‘zbekistonda Alif, Alif Shop va Alif Merchant ilovalari ishga tushirildi
Alifning ilk ML-skoring tizimining dastlabki versiyasi O‘zbekistonda ishga tushirildi.
ICD Finnovation Award 2020 mukofoti olindi.
Alif ilovasi infratuzilmasi bulut arxitekturasiga ko‘chirildi va noldan yangi ko‘p tilli versiyasi ishlab chiqildi. Ilova yuz minglab foydalanuvchilar uchun uzluksiz ishlash, bo‘lib to‘lashlarni boshqarish, Visa kartalari va shaxsiylashtirish imkoniyatlariga ega bo‘ldi.
World Islamic Fintech Awards tanlovida birinchi o‘rin.
2020
Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi.
O‘zbekistonda elektron pul va to‘lov litsenziyasi olindi.
IFC bilan korporativ boshqaruvni yaxshilash bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Shveytsariyaning xususiy CBH Bank (Compagnie Bancaire Helvétique SA) Alif aksiyadoriga aylandi.
2019
Alif Tech O‘zbekistonda IT Park rezidenti maqomini oldi.
Alif Tech LLC dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi va Alif Moliya LLC moliyalashtirish/savdo kompaniyasi sifatida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ular texnik yordam ko‘rsatish va POS-moliyalashtirishni taqdim etish uchun tashkil etilgan.
Alif jamoasi
Yuraklarni zabt etishga intilayotgan jamoa. Biz — katta orzu va imkoniyatlarga ega jamoamiz.
Mahsulotlarimiz ortida ularni jamiyat foydasi uchun mehr va ishonch bilan yaratadigan insonlar turadi. Biz bank tizimi va CRMdan tortib, Alif ilovasi va Alif Shop’gacha bo‘lgan asosiy yechimlarni ishlab chiqdik. Ammo eng asosiysi — bu bir-birini ilhomlantiradigan, tajriba almashadigan va kompaniyani oldinga olib boradigan jipslashgan mutaxassislar jamoasidir.
Bizning qadriyatlarimiz
Biz mahsulot va jarayonlarimizda eng yuqori axloqiy me’yorlarga sodiqmiz. Alifning har bir xodimi madaniyatining asosini tashkil etuvchi 7 qadriyatni bo‘lishadi: